Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-10
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Xonobod shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimi tomonidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan bildirilgan holatlar tegishli tartibda qayd etildi.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, barcha holatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘riladi hamda natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot e’lon qilinadi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing