Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-24
Rasmiy munosabat
Enter Engineering korxonasining “Enter Machineries series” MChJ zavodida xodimlarning bir qator mehnat huquqlari buzilayotgani, shuningdek, ularga olti oy davomida oylik ish haqlari to‘lab berilmayotgani haqida shikoyat qilingan hamda ish haqlarini undirishda amaliy yordam so‘ralgan.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Holat atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunbuzarliklar aniqlansa, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi va bu bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing