Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-14
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon Milliy elektr tarmoqlari xodimlari nomidan yo‘llangan murojaatda 2025 yil 1 iyunidan Hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga o‘tkazilgani, shundan buyon to‘rt kishilik navbatchilarni uch kishi qilib qo‘yilgani va ish hajmi ortib ketgani holatida mehnatga haq to‘lash kamaygani haqida shikoyat qilingan. Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan hozirda tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik talablariga muvofiq tegishli xulosalar chiqarilib, natijalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing