Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-10
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Baliqchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari nomidan KPI (samaradorlik ko‘rsatkichlari) uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari o‘z vaqtida berilmayotgani hamda kam miqdorda belgilanayotgani to‘g‘risida murojaat qoldirilgan. Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan hozirda tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik talablariga muvofiq tegishli xulosalar chiqarilib, natijalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing