Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-20
Rasmiy munosabat
Baliqchi tumani Chinobod shaharchasi “Omonariq” mahallasida yashovchi fuqaro M.Madaminova tomonidan ish bilan ta’minlashini so‘rab bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Shu o‘rinda ma’lum qilamizki, mazkur mehnat yarmarkasi amalda soat 09:00 dan 16:00 gacha davom etgan bo‘lib, yarmarka jarayonida turli korxona va tashkilotlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilgan.
Fuqaro o‘z ehtiyoji va malakasiga mos ish topa olmagan hollarda, yana qaytadan tuman Bandlik bo‘limiga murojaat etish imkoniyati mavjud. Bo‘lim tomonidan korxona va tashkilotlar taqdim etgan bo‘sh vakansiyalar ro‘yxati asosida fuqaroga munosib ish o‘rinlari taklif qilib boriladi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing