Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-18
Rasmiy munosabati
Paxataobod tumani Uyghur qishlog‘idan kelib tushgan murojaat diqqat bilan o‘rganildi.
Ma’lum qilamizki, viloyat hokimi tomonidan qayta tiklangan tekstil korxonasi mahalliy aholining bandligini ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan bo‘lib, ko‘plab mahalliy aholi, xususan qishloq ayollari ish bilan ta’minlangan.
Biroq, ishchilar orasida maoshlarni o‘z vaqtida to‘lash bilan bog‘liq shikoyatlar borligi ma’lum qilindi. Bu masala bo‘yicha viloyat hokimligi va tuman hokimligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati monitoring qilinmoqda.
Korxona rahbariyati bilan hamkorlikda ish haqlarining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun barcha zarur choralar ko‘riladi. Bandlik va mehnat munosabatlari bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash viloyat hokimligi uchun ustuvor vazifadir.
Murojaatchilarning huquqlari himoya qilinishi va ularga o‘z vaqtida ish haqi to‘lanishi uchun tegishli nazorat choralari kuchaytiriladi.
Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishlar davom ettiriladi.