Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-16
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Xonobod shahridagi maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan dam olish kuni – yakshanba kuni o‘qituvchilar va maktab rahbarlarini ishga jalb qilinayotgani haqida murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganishga qaratiladi. Har qanday holatda xodimlarni qonunga zid tarzda dam olish kunlari ishga jalb etish qat’iyan man etiladi.
Murojaat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing