Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT (Marxamat tumanidagi ish haqlari bo‘yicha murojaat yuzasidan)

error

2025-04-16

RASMIY MUNOSABAT

(Marxamat tumanidagi ish haqlari bo‘yicha murojaat yuzasidan)

Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumanida faoliyat yuritayotgan “Marhamattekstil” MCHJ va “Marhamattekstil Agro” MCHJ korxonalarida 2024 yil aprel—avgust oylari uchun ish haqlari to‘lanmayotgani haqidagi murojaat tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan rasmiy o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

Hozirda:

• Ish beruvchi va tashkilot mas’ullaridan izohlar olinmoqda;

• Ish haqlarining to‘lanish holati va muddatlari bo‘yicha tegishli hujjatlar talab qilindi;

• Ishchi-xodimlar bilan suhbatlar tashkil etilmoqda.

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qonunbuzilish holatlari tasdiqlansa, mehnat huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi va ushbu jarayon to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Boshqarma tomonidan fuqarolarning murojaatlari qat’iy nazoratga olingan va har bir holat yuzasidan xolis huquqiy baholar beriladi