Yangiliklar
Yangiliklar
2025-04-12
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi Andijon” shahri hududida qurilishda ishlayotgan ayrim fuqarolarning mehnat sharoitlari yuzasidan noroziligi bildirilgan.
Maskur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlanadi.
Qonunbuzarlik holatlari aniqlangudek bo‘lsa, qonunchilikka muvofiq chora ko‘riladi va mehnat huquqlari tiklanadi.
Holat yuzasidan tasdiqlangan rasmiy axborotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing