Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Murojaatga munosabat Oylik maoshlar o‘z vaqtida, tartib bo‘yicha tarqatilmoqda

error

2025-02-27

Murojaatga munosabat


Oylik maoshlar o‘z vaqtida, tartib bo‘yicha tarqatilmoqda


Ijtimoiy tarmoqda “Andijon suv ta’minoti” AJ ishchi-xodimlari nomidan murojaat e’lon qilindi. Unda 2025 yilning yanvar oyi ish haqi hanuzgacha berilmayotgani bayon qilingan. 

Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, “Andijon suv ta’minoti” AJda barcha harajatlar, jumladan, ishchi-xodimlarning ish haqi iste’molchilar tomonidan foydalanilgan ichimlik suvi hamda ko‘rsatilgan oqova suv xizmati uchun to‘lovlar  hisobidan amalga oshiriladi. Afsuski, bu boradagi vaziyatni qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Bu esa nafaqat, qarzdorlikning yuzaga kelishiga, balki, oylik maoshlarni o‘z vaqtida bera olmaslikka ham sabab bo‘lmoqda. 

Shunday bo‘lishiga qaramay, jamiyat tomonidan  barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Xususan, ayni paytda 2025 yilning yanvar oyi uchun ish haqi tarqatilishi davom etmoqda. 

Kezi kelganda, oylik maoshlarning o‘z vaqtida tarqatilishi jamiyat ishchi-xodimlarining aholi orasida amalga oshirayotgan targ‘ibot ishlariga ham bog‘liq ekanligini ta’kidlash o‘rinlidir. 

Xulosa o‘rnida aytsh mumkinki, “Andijoln suv ta’minoti” AJda ish haqini to‘lash ishlari o‘z vaqtida amalga oshirib kelinmoqda.