Ish vaqtida jarohatlangan xodimga 21 million so‘m mablag’ to’landi
••••••••••••••••
Fuqaro S. Q mehnat vazifasini bajarayotgan vaqtida tan jarohati olib, mehnat qobiliyatini yo‘qotgan va korxona tomonidan bir martalik nafaqa kam miqdorida to'langanligidan norozilik bildirib, Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga murojaat qilgan.
Boshqarmaning davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaro R.Qning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Da’vo qanoatlantirilib, fuqaroga 21 million miqdoridagi zarar to’lovlarini undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarildi.
09:10