Янгиликлар
Янгиликлар
2022-10-03
Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin. Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llanish tartibi, shuningdek hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarga har oyda to‘lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish xususida belgilangan cheklashlarga rioya qilgan holda joriy etiladi.
Aндижон вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг